Yangi tartibga ko‘ra davlat rahbari 16 emas, 9 nafar xalq ichida obro‘ eъtibor qozongan shaxslarni Senatorlikka tayinlaydi
Sizningcha bu ro‘yxatda kimlar bor?
2019 yil 25 dekabrda o‘tgan saylovlarda senatorlarning umumiy ro‘yxati oradan 22 kun o‘tib, 17 yanvarь kuni eъlon qilingandi.
Bu yilgi saylovlar o‘tganiga 20 kun bo‘layapti. Demak, shu kunlarda bu ro‘yxat eъlon qilinadi.
Senat o‘tgan davr mobaynida 100 nafar aъzodan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangilangan Konstitusiyaga ko‘ra, endilikda senatorlar soni 65 nafarni tashkil etadi. Ular Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 4 nafardan (ilgari — 6 nafardan) saylanadi.
Senatning yana 9 nafar aъzosi (ilgari — 16) fan, sanъat, adabiёt, ishlab chiqarish hamda davlat va zhamiyat faoliyatining boshqa sohalarida katta amaliy tazhribaga ega bo‘lgan eng obro‘li fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadi.
Aynan Prezident tomonidan tayinlanadigan Senat aъzolari kim bo‘lishi doim siёsiy doiralarda muhokama markazida bo‘ladi. Bu yil ular kim bo‘ladi? Avvalgi tanlanganlardan kimlar o‘z zhoyida qoladi degan savollar qiziqtirishi tayin.
O‘tgan chaqiriqda 2020 yil 17 yanvarь kuni matbuotda prezident tomonidan tayinlanishi kerak bo‘lgan 16 kishi emas, balki 13 nafar senator ismi sharifi eъlon qilingan edi. Ular quyidagilar (Ro‘yxatda lavozimlar 2019 yilgi holatiga ko‘rsatilgan):
- Shavkat Ayupov — Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori;
- Elmira Bositxonova — Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
- Qudratulla Rafiqov — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi;
- Mirakbar Rahmonqulov — Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari;
- Sirozhiddin Sayyid — O‘zbekiston Ёzuvchilar uyushmasi raisi;
- Baxtiёr Sayfullaev — Madaniyat vaziri — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori;
- Quvondiq Sanaqulov — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori;
- Sodiq Safoev — Senat raisining birinchi o‘rinbosari;
- Alisher Saъdullaev — Prezidentning ёshlar, fan, taъlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari;
- Sodiqzhon Turdiev — O‘zbekiston faxriylarining izhtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» zhamg‘armasi boshqaruvi raisi;
- Minhozhiddin Hozhimatov — Respublika Maъnaviyat va maъrifat markazi rahbari;
- Tursinxon Xudoybergenov — Prezident maslahatchisi;
- Behzod Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti.
16 senatordan 3 nafari keyiroq alohida farmonlar bilan senator bo‘lgan. 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, “Mahalla” xayriya zhamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Rahmat Toshnazarovich Mamatov Oliy Mazhlis Senati aъzosi etib tayinlangani ochiqlandi.
Yana ikki nafar Prezident tanlagan senatorning kimligi oradan qariyib 10 oy o‘tgandan so‘ng aёn bo‘ldi. Shavkat Mirziёev 2020 yil 20 oktyabrь kuni Boriy Batirovich Alixanov va Nariman Madzhitovich Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Mazhlisi Senati aъzolari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Bu ro‘yxatdagilardan 2 kishi – Behzod Yo‘ldoshev va Baxtiёr Sayfullaev vafot etishgan.
Ro‘yxatdagilardan Elmira Bositxonova, Mirakbar Rahmonqulov, Quvondiq Sanaqulov, Sodiq Safoev, Alisher Saъdullaevlar Senatning avvalgi tarkibida bo‘lgan va 2020 yilda ham qayta tayinlangan.
Bundan ko‘rinadiki, bu safargi ro‘yxatdagi kamida 6 kishi o‘zgaradi.