9 ta metro bekatida hozhatxona qurilishi xabar berildi
Sayёhlar va o‘zbekistonliklar eng ko‘p eъtiroz bildiradigan muammolardan biri echilish arafasida.
Yo‘lovchilar bilan gavzhum bo‘lgan 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hozhatxona qurilishiga hozirlanmoqda. Bu haqida Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
2022 yil yanvarda bu rezha eъlon qilingan edi. O‘shanda bu qurilish o‘zini oqlasa yana qurilishlar davom etishi maъlum qilingan.
Metropoliten axborot xizmati xabarida «Bundan bir muddat oldin poytaxt metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hozhatxona ishga tushirilgan. Yo‘lovchilar tomonidan ushbu qulaylik iliq kutib olingani va sinov zharaёnlari o‘zini oqlaganligi sababli yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi va hozhatxona qurilishi rezhalashtirilgan»i aytilmoqda. Rezhadagi ishlar qachon yakunlanishi va metroda hozhatxonalar faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilishi haqida xabarda maъlum qilinmagan.
Maъlumot uchun, Toshkent metropoliteni 1977- yilda ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Metro bekatlarida hozhatxonalar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilaёtgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Mutasaddilar, 2025 yilda 10 ta metro bekatida havo aylantirish vositalari olib kelinishini aytgan edi.
Tig‘izlik va tirbandliklarni kamaytirish uchun esa ish va o‘qish vaqtlarini o‘zgartirish taklif qilganini taъkidlagan edi.