Hindistonning Dehli aeroportida 5 nafar o‘zbekistonlik sayyoh mamlakatga 1,92 mln rupiylik (2,3 mln dollar) oltin olib kirishda ayblab bozhxona xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda “newsn9ne” nashri ma’lum qildi.
Ular Dehli aeroportidagi bozhxona xodimlari tomonidan hibsga olingan.
Unga ko‘ra, sayyohlarning yonidan qarib 3 kg oltin topilgan. Ularning bozor narxidagi qiymati 1,92 mln.rupiyni (2,3 mln dollar) tashkil qilgan.
«Sayyohlar o‘z shaxsini tanitmaslik uchun Dubay orqali mamlakatga kelgan»,
deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 8 may kuni Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ham ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda bozhxona xodimlari tomonidan ushlangan.